BAAning toʻrtinchi yirik shahriga yangi reyslar yoʻlga qoʻyildi

Foto: uzbektourism

Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 22-sentabrdan Toshkent – Al-Ayn yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu reys “EASYBOOKING” kompaniyasi tomonidan “Air Samarkand” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda “Rotana Jet” brendi ostida tashkil etiladi. Bu yo‘lovchilarga qulay sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi va shaharlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

BAAning toʻrtinchi yirik shahri Al-Ayn oʻzining yashil bogʻlari, favvoralari va Al-Jahili qalʼasi va mashhur vohasi kabi tarixiy obidalari bilan ta’nilgan. Shahar, shuningdek, madaniy tadbirlar va festivallar markazi bo’lib, uni sayyohlar uchun jozibali manzilga aylantiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.