“Investitsiya” ortida yashiringan kiberjinoyat fosh etildi

Foto: Kiberxavfsizlik

Farg‘ona viloyatida yashovchi J.A. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 5.200.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol M.I. sodir etganligi aniqlangan.

M.I., jabrlanuvchi J.A. bilan telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, investitsiya kiritish borasida uni ishontirib, pullarini oz fursatlarda 2 baravar ko‘paytirib berishini va’da qilgan va aldov yo‘li bilan 5.200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.