Antaliya – O‘rta yer dengizining yuragi va turkiyadagi eng mashhur kurort
Turkiya dunyo bo‘ylab sayyohlarning eng sevimli joyi bo‘lsa, Antaliya Turkiyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan kurortidir. Tabiatning go‘zalligi katta shaharning ritmi bilan shunday uyg‘unlashganki, ko‘ngilochar va o‘yin-kulgilarning har turli vaqiantlarini ko‘rish mumkin. Antaliya O‘rta yer dengizining yuragi va ko‘plab bozorlar, do‘konlar, kafelar, restoranlar, diskotekalar joylashgan yirik shahar kurortidir.
Sayyohlarni nafaqat kurortning dinamikasi, balki Antaliyaning tabiiy go‘zalligi ham o‘ziga maftun etadi. Dam olish maskani tepalikda – ignabargli daraxtlar o‘sgan baland tog‘ platosida joylashgan. Yuqoridan ko‘rfazning panoramasini ko‘rish mumkin. Inson tasvirlab berishga qiynaladigan darajada go‘zalligi bilan toros tog‘lari, qoyalar va qadimiy g‘orlardan shahar salobati ufurib turadi. Antaliya yaqinida sharsharalar va Nilufer ko‘li bor.
Antaliya nafaqat plyajda toblanishni, balki mahalliy madaniyat bilan tanishishni va vaqtni faol o‘tkazishni xohlaydiganlarning joyidir. Kichik kurort shaharlari faqat mavsum davomida “jonlansa”, Antaliyada butun yil davomida hayot qizg‘in davom etadi.
Antaliyaning o‘ziga xosliklari: katta shahar va go‘zal plyajlar
Antaliya dam olish maskani yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega (turli toifadagi mehmonxonalar, restoran va kafelar, tungi klublar). Bu O‘rta yer dengizi sohilidagi eng katta shahar.
Antaliya juda qulay joyda joylashgan. Sayyohlar qirg‘oqdagi barcha qiziqarli joylarga tez yetib borish imkoniyatiga ega. Sharqda Belek kurorti, janubda Kemer tog‘li hududi joylashgan. Antaliyaning sharqiy chekkasida butun dunyodan parvozlarni qabul qiladigan ulkan aeroport mavjud.
Antaliyada dam olishning afzal jihati:
Aeroportga yaqin – atigi 12 km (mehmonxonaga yo‘l taksi yoki avtobusda 15-25 daqiqa davom etadi).
Katta shahar – hatto 10-14 kunlik dam olish uchun ham yetarli bo‘lgan diqqatga sazovor joylarning katta tanlovi.
Puxta o‘ylangan logistika – deyarli barcha qiziqarli joylarga avtobus yoki mikroavtobusda borish mumkin.
Har qanday did uchun munosib plyajlar.
Yoqimli iqlim. Antaliyada yil davomida dam olish mumkin. Yozda ham dengiz shabadalari toza salqin havo olib keladi.
Ko‘zga tashlanadigan til to‘siqlari yo‘q. Antaliyada ko‘pchilik rus tilida gaplashadi.
Antaliyaga qanday borish mumkin
Ko‘pchilik sayyohlar Antaliyani tanlaydi, chunki bu kurort yonida xalqaro aeroport bor, unga Toshkentdan charter reys bilan tez yetib borish mumkin.
Antaliyada kimlar dam olishi mumkin?
Bolali sayyohlar. Bu O‘rta yer dengizi kurortlari orasida oilaviy dam olish uchun eng yaxshi variant: o‘yin-kulgining katta tanlovi, rivojlangan infratuzilma.
Faol turmush tarzini afzal ko‘rgan odamlar. Antaliya dinamik shahar. Bu yerda keng qamrovli va arzon ko‘ngilochar dasturlar mavjud.
Ekskursiyani sevuvchilar uchun. Kaleichi hududiga joylashishga arziydi, bu shaharning eski qismidir.
Tabiat va toshli plyajlarni afzal ko‘rganlar uchun. Konyaalti hududi yoqishi shubhasiz! Bu yerda ikkita milliy bog‘ va ulkan tog‘lar mavjud.
Ko‘rishga arzigulik maskanlar
Vayron bo‘lgan Termessos shahrida joylashgan Gulluk tog‘i milliy bog‘i.
Karaali o‘g‘li bog‘i Antaliyadagi eng katta va eng go‘zal parkdir. U dengizdan balandda joylashgan, toshli qirg‘oq bo‘ylab bir necha yuz metrga cho‘zilgan.
Karain g‘ori (Antaliyadan 30 km.) – taxminan 100 ming yillik. Turkiyadagi eng qadimgi aholi punkti joylashgan.
Quyi Duden sharsharasi – mashhur Lara plyajida. Balandligi – 40-50 m. Sharshara yaqinida kuzatuv maydoni va kichik park mavjud.
Bolalar bilan dam olish
Oilaviy dam olish uchun akvaparklar, delfinariy, hayvonot bog‘i va istirohat bog‘i mavjud. Arxeologiya muzeyi ham qiziq.
Bolalar bilan yana qayerga borish mumkin?
“Troya” yoki “Aqualand” akvaparki;
O‘ZDILEK ko‘ngilochar markazi;
Aqualand akvaparki – Antaliya va Kemer chegarasida joylashgan.
Qachon borish kerak: Antaliyada sayyohlik mavsumi
Antaliyada yiliga deyarli 300 quyoshli kun bor. Dam olish maskani butun yil davomida sayyohlarni qabul qiladi, ammo plyajda dam olish uchun eng yaxshi davr aprel oyining boshidan noyabr oyining oxirigacha.
Yozda havo +31…+34° gacha, suv esa +24…+29° gacha isiydi. Eng issiq ob-havo avgust oyida kuzatiladi. Dam olish maskani ko‘ngilochar tramplinga (chang‘ida uchish va suvga sakrash sportida uzoqqa va balandga sakrash uchun yasalgan maxsus moslama) aylanib bormoqda: suv faoliyatining katta tanlovi, turli xil do‘konlar va jonli tungi hayot.
Sharhlar