Hindistonda Shohrux Xon ijrosida Bobur haqida film olindi

Фото: ЎзА

Hindistonda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida kino olindi, deb xabar bermoqda O’zA. Film “Bobur – Mo‘g‘ul imperatori” deb nomlanadi. Kartinada asosiy rollarni taniqli kinoyulduzlar Shohrux Xon, Ajay Devgan, Ayshvariya Ray, Navazuddin Siddiqiy va Randip Huda, Amitabh Bachchan, Farida Jalol, Kunal Kapur va Sonu Sud ijro etgan.

Film ssenariysi Boburning xotiralari asosida yaratilgan “Boburnoma” memuar asariga asoslangan.

Qayd etilishicha, filmni suratga olish ishlari 2022ғyilda boshlangan va hozirda post-prodyuserlik bosqichida. Kartina “Yash Raj Films” homiyligi ostida ishlab chiqarilmoqda. Film rejissori Nitish Tivar, prodyuseri esa Karan Johar hisoblanadi.

Kartinaning katta ekranlarga chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.