Turkiyani kashf qilish uchun “Sekin sayohat qo‘llanmasi”
Mahalliy madaniyatlar va atrof-muhit bilan bir maromdagi chuqur aloqalarni rag‘batlantiradigan sekin sayohat Turkiyadagi eng muhim dam olish muqobillaridan biriga aylandi. Cittaslow shaharlaridan an’anaviy oshxonalargacha va barqaror turar joydan ekologik toza transport imkoniyatlarigacha bo‘lgan har bir taklif sayyohni bamaylixotir sayohat qilishga, mamlakatning tengi yo‘q ritmlarini qabul qilishga va mazmunli aloqalar o‘rnatishga undaydi. Keling, maroqli sekin Turkiya ta’tilida nimalar kutayotganini batafsil ko‘rib chiqaylik!
Cittaslow jannati
Turkiya turli sivilizatsiyalarning uchrashish nuqtasi bo‘lib, u yerda olomon va gavjum hayotdan qochib, sokinlikda dam olish mumkin bo‘lgan ko‘plab sekin sayohat maskanlari joylashgan. Mamlakat bo‘ylab Cittaslow shaharlari ushbu yo‘nalishlarda yetakchilik qilmoqda. Cittaslow harakati hayot sekin davom etadigan va mahalliy oshxona, me’morchilik, an’analar hamda tarix yaxshi saqlanib qolgan shaharlarni qamrab oladi. Turkiyaning yetti hududida jami yigirma bir viloyatida yigirma beshta Cittaslow shahri bor va turk turmush tarzi harakat mandatiga juda mos keladi. Mamlakatning Cittaslow tarmog‘i ro‘yxati yangi shaharlar qo‘shilishi bilan o‘sishda davom etmoqda. Turkiyaning sekin shaharlari qatoriga Seferihisar, Ahlat, Akyaka, Arapgir, Eg‘irdir, Focha, Go‘kcheada, Gerze, Go‘ynuk, Gudul, Halfeti, Iznik, Kemaliye, Ko‘yjeg‘iz, Mudurnu, Charshamba, Shavshat, Sharkoy, Uzundere, Vize, Yalvach, Yenipazar, Safranbolu va Daday kiradi. Tarixiy xarakterga ega bo‘lgan shaharlar, baland tog‘li platolardagi aholi punktlari va tabiat qo‘ynidagi shaharchalar hayratda qoldirishi shubhasizdir, qolaversa, undan ham ko‘prog‘ini ko‘rish istagini uyg‘otadi.
Sekin taom sarguzashtlari
Sekin sayohat tabiiy ingrediyentlarga urg‘u beradigan, mintaqaviy oshxonalar va an’anaviy pishirish usullarini saqlab qolishga qaratilgan va taomdan lazzatlanadigan uzoq ovqatlanish joylarini rag‘batlantiradigan “Slow Food” harakati bilan chambarchas bog‘liq. Turk oshpazlik merosi o‘zida Slow Food falsafasini o‘z ichiga olganligi sababli, Turkiya taom zavqini madaniyat bilan uyg‘unlashtirgan ajoyib gastronomiya tajribalarini taklif etadi. Har bir mintaqada ming yillik oshpazlik merosi asosida shakllangan va barqaror hamda chiqindisiz yondashuv, shuningdek, mahalliy ingrediyentlarga asoslangan an’anaviy pishirish usullari bilan tayyorlangan turli xil oshxona va taomlarni uchratish mumkin.
Egey uslubidagi lazzatlardan tortib, mahalliy sabzavotlar, yangi dengiz mahsulotlari va mintaqaviy zaytun moyining mazali kombinatsiyasi, Janubi-Sharqiy Onado‘li oshxonasi, suvli kaboblar, eng yaxshi go‘shtli taomlar va paxlava kabi mashhur shirinliklari, choy, findiq, tuzlangan karam va hamsi bilan mashhur Qoradengiz oshxonasi, gastronomiyaning Ijodkor shaharlari – Gaziantep, Hatay va Afyonkarahisargacha turk taomlari madaniyatining xilma-xilligi va boyligi har bir sayyohni o‘ziga maftun aylaydi. Bundan tashqari, shaharni kezish chog‘ida uy taomlari ta’mini beruvchi “hunarmandlar restorani”da mahalliy oshxonaning eng sara taomlarini tatib ko‘rish va Istanbul hamda Izmirdagi turk oshxonasining barqaror amaliyotlarini davom ettiradigan MICHELIN Green Star restoranlaridan bahramand bo‘lish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
Barqarorlik imkoniyatlari
Turkiya 2022-yilda hukumat darajasida Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) ga qo‘shilgan birinchi davlatdir. GSTC bilan hamkorlikda sayyohlik sektori uchun milliy dasturni ishlab chiqqan mamlakat hozirgi kunga qadar 18 mingga yaqin turar joy obyektlarini sertifikatlashdan o‘tkazdi. Turkiyaning barqarorlik sertifikatiga ega mehmonxonalarida qolish, shuningdek, noyob tabiatdagi ochiq havoda sayr qilishdan tortib, an’anaviy merosgacha bo‘lgan barqaror sarguzashtlarga sho‘ng‘ish mumkin. Bundan tashqari, Turkiya 567 ta Moviy bayroqli plyajlari bilan dunyo miqyosida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Antaliya esa jami 233 ta plyaj bilan dunyodagi eng ko‘p Moviy bayroqli plyajlarga ega shahar unvoniga ega. Turkiya YUNЕSKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatida 30 ta obyekt bilan eng ko‘p YUNЕSKO rekordiga ega bo‘lgan birinchi ikki davlat orasida.
Ekologik toza transport
Dunyoning chorrahasida joylashgan Turkiyaga havo, temir yo‘l, quruqlik va dengiz orqali osongina borish mumkin. Mamlakatni o‘rganayotganda uglerod izini kamaytirish uchun ekologik toza alternativlarni tanlash mumkin. Poyezdda sayohat qilish eng yaxshi variantdir, chunki so‘nggi poyezdlar yuqori tezlikka ega va an’anaviy yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanadi. Sharqiy Ekspresc, Mesopotamiya Ekspresci va Diyarbakir Ekspressi kabi nostaljik sayohatlar Time jurnali tomonidan “2024-yilning dunyodagi eng ajoyib joylari” dan biri sifatida e’tirof etilgan turistik diqqatga sazovor joylar, jozibali manzaralar va yashirin xazinalarga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Velosipedda sayr qilish – Turkiyaning turli xil landshaftlari va qadimiy tarixini o‘rganishning yana bir yashil varianti bo‘lib, barcha darajalar uchun mos marshrutlarni taklif etadi. Nihoyat, mamlakatning firuza qirg‘oqlari bo‘ylab suzib yurish betakror ko‘rfazlar, jahon darajasidagi marinalar va xushmanzara sohilbo‘yi shaharlarining jozibasini ochib beradi.
Sharhlar