Rossiyalik taniqli aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk vafot etdi
Rossiyalik teatr va kino aktrisasi Anastasiya Zavorotnyuk 53 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza. Uning o‘limi haqidagi xabar Instagram’dagi rasmiy sahifasiga joylandi.
Aktrisaga bir necha yil avval onkologik kasallik — bosh miya o‘smasi tashxisi qo‘yilgandi.
Zavorotnyuk 1971-yilda Astraxanda tug‘ilgan. Unga “Mening ajoyib enagam” (2004) seriali mashhurlik olib kelgan, unda aktrisa bosh rolni ijro etgan.
Anastasiya Zavorotnyuk, shuningdek, “Rossiya 1” telekanalidagi “Yulduzlar bilan raqs” va “Muz ustida raqs” hamda Birinchi kanaldagi “Muz davri” shoulariga boshlovchilik qilgan.
Ulashish:
Sharhlar