Bioenergiyani ishlab chiqarishda zaytun to‘ponlari va plastik kopirolizi energiya sarfini va ifloslantiruvchi moddalar tashlanishini kamaytiradi

Нелида Санчес, исследовательница Университета Кордовы. Фото: uco.es

Kordova universiteti olimlari plastmassa va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini birgalikda termik qayta ishlash, energiya sarfini kamaytirish va qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beruvchi texnologiyani taklif qildi. Kordova universiteti tadqiqotiga ko‘ra, piroliz yo‘li bilan zaytun to‘ponlari va plastmassa chiqindilarining kombinatsiyalangan termal parchalanishi jarayon samaradorligini oshiradi va yangi qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar yaratish imkonini beradi.

Qo‘shma piroliz uchun plastmassa va zaytun to‘poni aralashmasining optimal nisbati 50% ga 50%. Bu nisbat ushbu turdagi chiqindilarni alohida qayta ishlash uchun zarur bo‘lganidan kamroq energiya sarflash imkonini beradi va atrof-muhitni kamroq ifloslantiradi.

Texnologiyani yaratuvchilar undan kelajakda bioneft, bioko‘mir va biogaz, ya’ni yoqilg‘i va o‘g‘it ishlab chiqarishda foydalanishg umid qilmoqda.

Bundan tashqari, aylanma iqtisod turlaridan biri sifatida plastik va zaytun to‘ponining kopirolizi chiqindi poligonlariga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytiradi.

Plastmassadan farqli o‘laroq, zaytun to‘poni hali O‘zbekistonga xos chiqindi turi emas. Biroq joriy yil bahorida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida zaytun daraxtining sovuqqa chidamli yangi navli ko‘chatlari ekildi. O‘zbekiston Respublikasida zaytun moyini uch yildan keyin ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.