Buyuk Britaniyada yo‘llar yoqasi hududidagi biologik xilma-xillikni himoya qilish bo‘yicha harakatlar dasturi e’lon qilindi
Buyuk Britaniyada Nature 2030 hisobotini e’lon qildi, unda yo‘l yoqalariga mamlakatda biologik xilma-xillikni tiklash uchun asosiy resurslardan biri sifatida qaralmoqda.
Angliyada yo‘l yoqalari o‘simliklar turlarining 45% ning tabiiy vatani hisoblanadi, ulardan 87 tasi yo‘qolib ketish xavfi ostida. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar, uning asosiy turlaridan biri bioxilma-xillikning qisqarishi, ekspertlarning fikriga ko‘ra, yaqin yillarda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 12 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin, bu esa pirovardida, moliyaviy bozor inqirozidan yoki koviddan ko‘ra jiddiyroqdir.
Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simliklarni o‘rish va maysazorlarni qirqish kabi an’anaviy amaliyotlar Buyuk Britaniyada o‘simliklarning biologik xilma-xilligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ekofaollarning fikricha, Britaniyaja barcha yo‘llarning yoqalarida istisnosiz yovvoyi gullar gullashi, qushlar, tipratikanchilar esa bog‘larda yashashi kerak. To‘g‘ri yondashuv bilan yo‘l chetidagi chiziqlar mamlakat ekotizimlari faoliyatini yaxshilashga katta hissa qo‘shadigan yashil yo‘laklarga aylanishi mumkin.
Sharhlar