Elektromobillar uchun yangi turdagi akkumulyator iste’molchilar uchun ularning maftunkorligini oshiradi va transport faoliyatini ta’minlashda TEMning rolini kuchaytiradi
Joriy yilning iyun oyi oxirida Britaniyaning Nyobolt startapi tomonidan ishlab chiqilgan elektromobil akkumulyatori 4 daqiqa 37 soniyada 10 foizdan 80 foizgacha muvaffaqiyatli quvvatlandi. Bunday qurilmaning oldingi etaloni Tesla zaryadlovchi qurilmasi avtomobil akkumulyatorini 15-20 daqiqada 80% gacha zaryadlash imkonini berardi.
Tajriba natijasi shuni ko‘rsatdiki, shaxsiy transport vositalari bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartirish yaqin kelajakda amalga oshishi mumkin. Yaqin kelajakda haydovchilarning elektr transport vositalariga bo‘lgan munosabati yanada tezroq yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi. Ushbu transport turi iste’molchilar tomonidan nafaqat sayyorani global isishdan qutqaradigan ilg‘or ixtiro sifatida (muhim muammo, lekin to‘g‘risini aytaylik, hamma uchun qiziq emas), balki shaxsiy avtomobil uchun mutlaqo qulay variant sifatida ham ko‘rib chiqiladi.
Axir, elektr transport vositasi uchun akkumulyatorni zaryadlash vaqti oddiy yoqilg‘i quyish shoxobchasida benzobakni to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan vaqtga yaqinlashmoqda. Elektr transport vositalarining ishlashiga kelsak, u (bular Buyuk Britaniya Energetika vazirligining hisob-kitoblari) benzinli avtomobillarga qaraganda bir milga 35-75 foizga arzonroq.
Nyobolt bayonotida aytilishicha, uning yangi texnologiyasi Kembrij universitetilik olim Kler Grey va Kembrij bitiruvchisi, Nyobolt bosh direktori va asoschisi doktor Say Shivareddi tomonidan olib borilgan o‘n yillik tadqiqotlarga asoslangan
Yangi akkumulyatorlar nafaqat niobiy qo‘llangani, balki maxsus dizayni tufayli ham avvalgilariga qaraganda qizib ketmasdan sezilarli eskirishsiz juda tez zaryadlana oladi. Bu ularni ancha xavfsizroq qiladi, ilgari uning qizib ketishi alangalanishga yoki hatto litiy-ionli batareyalarning yonishi portlashiga olib kelardi.
Kompaniya, shuningdek, batareyaning degradatsiyasini minimallashtirganini da’vo qilmoqda: batareya avvalgiday 4000 sikldan (600 000 milya yoki 965 606,4 kilometr yo‘l) keyin ham 80% gacha zaryadlanadi. To‘liq sikl – 0-100% gacha zaryadlanish, lekin bu darhol sodir bo‘lishi shart emas. Masalan, 50% dan ikki marta zaryadlash bir sikl hisoblanadi.
Bedford trekida Nyobolt akkumulyatorini sinab ko‘rish uchun maxsus sportkar ishlab chiqarildi. Eksperimental model ikki kun davomida sinovdan o‘tkazildi va to‘rt daqiqalik quvvatda 120 milya masofani bosib o‘ta oldi. To‘liq zaryad 155 milya masofani beradi.
Ma’lumot uchun, 80% gacha zaryadlangan Tesla odatda 200 milgacha yurish zaxirasiga ega.
Nyobolt vakillari o‘z avtomobillarini ishlab chiqarish niyatida emasligini va o‘z akkumulyatorlarini o‘z mahsulotlariga o‘rnatish uchun mavjud brendlarning sakkizta ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirayotganini aytishioqda.
Buning uchun zarur bo‘lgan yuqori quvvatli, 350 kVt ultra tez to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaryadlovchi qurilmalar hali keng qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, Buyuk Britaniyada allaqachon ommaga taqdim etilgan. Ular orasida Tesla zaryadlovchi qurilmalari ham bor, ular bilan Nyobolt akkumulyatori to‘liq mos keladi.
Bunday akkumulyatorning paydo bo‘lishi ko‘rinishi nafaqat elektr transport vositalarini zaryadlashni osonlashtirishi va tezlashtirishi mumkin. Oxir oqibat, u qayta tiklanadigan energiya manbalarini ushbu turdagi transport uchun “yoqilg‘i” ning asosiy manbaiga aylantirishi mumkin.
Yaqin vaqtgacha eng keng tarqalgan usul uyda bir kecha zaryadlash edi. Quyoshdan energiya ishlab chiqarish uchun foydalanish, undan esa o‘z navbatida elektromobilni zaryad qilish, yumshoq qilib aytganda, kunning bu vaqtida muammoli. Bu oxir-oqibatda qazib olinadigan yoqilg‘ining qo‘shimcha iste’mol qilinishiga olib kelishi mumkin. Endi esa bunga ehtiyoj qolmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “yurish zaxirasi haqida tashvish” deb ataladigan narsani yo‘q qilish elektromobillar iste’molini oshirishning muhim kalitidir. Tez zaryadlanuvchi akkumulyator mualliflarining maqsadi elektr transport vositalari egalarini uydan “bo‘sh bak” bilan, ya’ni to‘liq zaryadlanmagan akkumulyator bilan chiqishga ishontirishdir. Batareyalarni yaxshilash bo‘yicha erishilgan yutuqlar (Nyobolt kompaniyasining raqobatchilari, shubhasiz, yanada jozibali narsalarni taklif qilishga harakat qilishadi) G‘arb mamlakatlaridagi zaryadlash stantsiyalarini ishlab chiquvchilari va egalari o‘z navbatida mavjud infratuzilmani yaxshilash va rivojlantirish uchun jiddiy sabablarga ega. Ularning yechimlari va topilmalari dunyoning qolgan qismida yaqindan o‘rganish ob’ekti bo‘ladi.
Ibragim Yusupov
Sharhlar