Farg‘onada noqonuniy tarzda yer qazigan huquqbuzarga chora ko’rildi
Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Rishton tuman bo‘limi inspektorlari va Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizamati yozmoqda.
“Tadbir davomida tumanning “Dasht Pandigon” MFY hududidagi zovur boʻyi muhofaza mintaqasida fuqaro Sh.B. tomonidan noqonuniy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida yer qazib, muhofaza hududi rejimini buzganligi aniqlandi”, – deyiladi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va Sh.Bga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Ayni damda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Sharhlar