Germaniyada ko‘p qavatli uylarning baalkonlariga o‘rnatilayotgan quyosh panellari soni oxirgi chorakda ikki baravarga oshdi
Germaniyada balkonlar va lodjiyalardagi mini elektr stantsiyalari tez ommalashmoqda. Joriy yilning ikkinchi choragida bunday tizimlarni ro‘yxatga olishlar soni o‘tgan chorakka nisbatan 50 foizga oshgan.
Germaniyada kvartiralarning egalari ham, ijarachilar ham balkonlarga quyosh panellarini o‘rnatish huquqiga ega. Ulardan foydalanish tufayli elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tejash yiliga bir necha yuz yevroni tashkil qilishi mumkin.
Ayni paytda balkonlar va lodjiyalarda quyosh panellarini o‘rnatish uchun ruxsat olishni osonlashtirish maqsadida Germaniyadagi SES qonunlari va qoidalari qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Bu yil mahalliy We.Do.Solar quyosh panellari kompaniyasi o‘tgan yilga nisbatan sotuvlar o‘sishini 350% ni prognoz qilmoqda. U xuddi shunday tendentsiya kuzatilgan Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Niderlandiya bozorlariga ham chiqqan. So‘nggi bir necha yil ichida Germaniya va Gollandiya Yevropa Ittifoqida aholi jon boshiga quyosh energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Sharhlar