Orol dengizining qurigan tubiga yangi turdagi o‘simliklar ekilmoqda
Orol dengizining qurigan tubi hududida qariyb 600 ming gektarlik maydonda sho‘r va nam tuproqlarda o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida birinchi marta noyob o‘simlik Arundo donax tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu kunlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti professori Zinoviy Novitskiy boshchiligida ekish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda o‘simliklar 1 oylik. Ular qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi bois og‘ir cho‘l sharoitida ham 4 metrgacha o‘sa oladi. Uning ekish texnologiyasi noyobligi shundaki, ekish jarayonida ko‘chatlar o‘rniga ildiz kurtaklari o‘tqaziladi.
– Bular Orol dengizining qurigan tubi uchun boshqa hududlardan olib kelingan. 1-2 yil ichida Orolning barcha hududlaridA Arundo donax o‘simliklari ekiladi, chunki ildiz so‘rg‘ichlari tez unib chiqadi. Ushbu o‘simlik tuzli shamollarning oldini oladi, uning poyasidan qurilish, to‘qimachilikda foydalaniladi, shuningdek, uni yem-xashak sifatida ham ishlatish mumkin”, — deydi Z.Novitskiy.
Aytish joizki, Z.Novitskiy Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiat resurslari vazirligining taklifiga ko‘ra Ostona shahrida bo‘lib, qozog‘istonlik hamkasblari bilan loyihaning muvaffaqiyatli natijalari xususida o‘rtoqlashdi.
Sharhlar