,

Toshkentda “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik aksiyasi o‘tkaziladi

Фото: Anhor.uz

Joriy yilning 24-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahrida О‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi bilan hamkorlikda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbir О‘zbekiston prezidentining 21-fevraldagi PQ-37-sonli qaroriga asosan har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi belgilangan.

24-iyul kuni poytaxtdagi barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga avtomashinalardan voz kechib, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan jamoat transporti, velosiped va boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

“Aziz vatandoshlar! Biz barchani “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasiga befarq qolmaslikka, ekologik toza transportdan foydalanishga chaqiramiz. Esingizda bo‘lsin, atrof-muhitni muhofaza qilish har birimizning burchimizdir”, — deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.