Xitoy Xuanxe daryosining janubiy qirg‘og‘ida quyosh elektr stantsiyalarini ishga tushirmoqda

Фото: подробно

Xitoyning Ordos okrugidagi Kubuchi cho‘lining shimoliy chekkasida umumiy quvvati 5,42 gigavatt va 13340 gektardan ortiq maydonga ega quyosh stantsiyasi qurildi.

Qurilish hali tugallanmagan, biroq tugallangach, Ichki Mo‘g‘ulistondagi quyosh elektr stantsiyalari zanjiri dunyodagi eng yirik ana shunday inshoot bo‘lishi aniq.

Loyiha norasmiy “Buyuk quyosh devori” nomini oldi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, “Buyuk quyosh devori” nafaqat quyosh energiyasini ishlab chiqarish, balki Sariq daryoni qumdan himoya qilish va cho‘llanishga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan.

Quyosh panellarining soyasi suvning bug‘lanishini kamaytiradi, bu esa stantsiya hududini qishloq xo‘jaliklari ekinlari va chorva mollariga dasht o‘tlarini yetishtirish uchun qulay qiladi.

“Buyuk Quyosh devori”ning rejalashtirilgan uzunligi 400 kilometr, kengligi 5 kilometrni tashkil qiladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.