Xorazm viloyatida eskirgan pestitsidlar bilan zararlangan yerlarni rekultivatsiyaga tayyorlash ishlari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari bilan birgalikda Xorazm viloyatida “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun texnik yordam” loyihasi doirasida Xorazm viloyatining zararlangan hududlarini o‘rganishni boshladi.
Tashrif davomida ilgari dalalarni hozirda eskirgan pestitsidlar bilan ishlov berishda foydalanilgan sobiq qishloq xo‘jaligi aerodromlari ko‘zdan kechirildi.
Tuproqning hozirgi ifloslanish darajasini baholash uchun ushbu yerlardan namunalar olindi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi va FAOning qo‘shma rejalariga eskirgan pestitsidlar reestrini yaratish, ifloslangan hududlar xaritasini tuzish, shuningdek, ularni keyinchalik qayta ishlash uchun tuproq va suvdan zararli kimyoviy moddalarni ajratib olish kiradi.
Sharhlar