Аfgʼoniston investitsiyalari Oʼzbekiston iqtisodiyotiga: oʼsish, taʼsir
Oʼzbekistonda yuzlab afgʼon ishbilarmonlari mehnat qilib, oʼz zavodlari, restoranlari, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, parrandachilik, maishiy xizmat koʼrsatish korxonalarini ochmoqda. Аfgʼonistonlik investorlar tomonidan 2020 yilda Oʼzbekiston iqtisodiyotiga 85,9 million dollar, 2021 yilda 61,6 million dollar, 2022 yilda 60,2 million dollar, 2023 yilning 6 oyida esa 37 million dollar sarmoya kiritildi. Umuman olganda, 2020, 2021, 2022 va 2023 yillarning birinchi choragida afgʼon investorlari Oʼzbekiston iqtisodiyotiga 245,6 million dollar sarmoya kiritgan.
Аfgʼonistonlik sarmoyadorlar Oʼzbekistonda qishloq, oʼrmon va baliq xoʼjaligi, sanoat, qurilish, savdo, transport va omborxona, turarjoy va oziq-ovqat xizmatlari, axborot va kommunikatsiyalar, sogʼliqni saqlash kabi koʼplab sohalarda, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritmoqda. Savdoda 609 ta, qishloq xoʼjaligida 258 ta, sanoatda 203 ta, qurilish sohasida 79 ta korxona tashkil etildi.
Аfgʼonistonlik investorlar tomonidan eng koʼp korxonalar Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan
Davlat statistika qoʼmitasining maʼlumotlariga koʼra, Аfgʼoniston sarmoyadorlari sarmoyasi ishtirokida jami 572 ta korxona faoliyat koʼrsatmoqda, shundan 121 tasi qoʼshma korxona va 451 tasi xorijiy korxonalardir. Аfgʼonistonning eng nufuzli korxonalari Surxondaryo viloyatida 215 ta, Toshkent shahrida 211 tani tashkil qiladi. Xorazm va Namangan viloyatlarida bittadan Аfgʼoniston korxonasi tashkil etilgan. Surxondaryo viloyati Аfgʼoniston bilan chegarada joylashganligi sababli koʼplab afgʼon sarmoyadorlari Surxondaryo viloyatida oʼz korxonalarini tashkil etgan boʼlib, oʼz restoranlarini ochgan. Ularning orasida Termiz shahrida joylashgan mashhur restoranlar ham bor.
Surxondaryo viloyatida joylashgan afgʼon korxonalarining roʼyxati va korxonalar manzili bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Surxondaryo viloyati Termiz tumani investitsiyalar va tashqi savdo boʼlimi boshligʼining oʼrinbosari Bekzod Xolmurodovning taʼkidlashicha, afgʼonistonlik tadbirkorlar Oʼzbekistonda faoliyat boshlashi uchun sharoit yaratilgan.
“Ilgari hujjatlarni tayyorlash uchun uch-toʼrt oy vaqt ketgan boʼlsa, hozir bir-ikki kunda tayyorlanmoqda”, – deydi Bekzod Xolmurodov.
Surxondaryo viloyatida 200 dan ortiq afgʼonistonlik ishbilarmon mehnat qilmoqda. Hududiy yaqinlik afgʼon tadbirkorlarining Surxondaryoga eʼtibor qaratishida muhim omil boʼlmoqda. Har ikki davlat elchixonalarida tadbirkorlar uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgan boʼlib, tashrif buyurgan tadbirkorlar xavotirga tushmasligi uchun ularga maʼlumotlar taqdim etilmoqda. “Yonida yurib, tushuntiramiz”, – deydi Bekzod Xolmurodov.
Oʼtgan yili Termiz shahrida afgʼon ishbilarmonlariga tegishli 104 tijorat korxonasi ochildi. 2023 yilda 30 dan ortiq korxona roʼyxatga olindi.
Masalan, 2021 yil sentyabrь oyida foydalanishga topshirilgan parrandachilik korxonasi mahsulotining 75 foizi Аfgʼonistonga eksport qilinadi. Masalan, afgʼonistonlik tadbirkor ochgan fermer xoʼjaliklaridan birida 150 kishi ish bilan taʼminlanib, kuniga 350 ming dona tovuq tuxumi yetishtirilmoqda.
Faridullo Xasanzoda Oʼzbekistonga sarmoya kiritgan afgʼon tadbirkorlaridan biridir. U Termizda restoran ochgan boʼlib, uning Oʼzbekistondagi biznesga qoʼshgan dastlabki hissasi 700 ming dollarni tashkil etgan. Restoran menyusida dunyoning turli oshxonalaridan turli xil taomlar taklif etiladi.
“Butun dunyoda investorlar uchun sharoitlar, jumladan, fuqarolikni olish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Misol uchun, Turkiyada 250 ming dollarlik sarmoya tezlashtirilgan fuqarolik tartibini olish uchun asosga aylanadi. Oʼzbekiston hukumati ham bizga “ishonchli hujjat” bilan yordam bersa, bundan ham koʼproq tadbirkorlar sarmoya jalb etishi mumkin”, – deydi Faridullo Xasanzoda.
Аfgʼonistonning Termizdagi bosh diplomati Muhammad Idres Zarshay shunday deydi:
“Koʼplab afgʼonlar Oʼzbekistonga sarmoya kiritmoqda. Buning sababi afgʼonlar uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgani, viza tartibining soddalashtirilgani”, – deydi Muhammad Idres Zarshay.
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi Oʼzbekiston va Аfgʼoniston oʼrtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda
Erkin savdo zonasi Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, Аfgʼoniston bilan chegaradosh hududda joylashgan. Termiz xalqaro savdo markazining umumiy maydoni 260 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
“Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini tashkil etishdan maqsad Oʼzbekiston va Аfgʼoniston oʼrtasida tovar va xizmatlarning erkin almashinuvini taʼminlash, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat”, – deydi Termiz tumani investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʼyicha oʼrinbosari Bekzod Xolmurodov.
Ushbu loyihada 4 mingdan ortiq doʼkonlar, ishlab chiqarish obʼektlari, eksport-import operatsiyalari boʼyicha logistika markazi, xalqaro tibbiyot markazi, mehmonxona va hostellar, restoranlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shuningdek, qurilish jarayonida sunʼiy suv havzasi boʼlgan katta maydon mavjud.
Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida Termiz xalqaro savdo markazi hududida texnik xizmat koʼrsatish shoxobchalari, yoqilgʼi quyish shoxobchalari va boshqa qator infratuzilma obʼektlari barpo etildi.
Markazning toʼliq ishlashi Oʼzbekiston va Аfgʼoniston oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1,2 milliard dollarga yetkazadi. Аfgʼoniston bozoriga joʼnatilayotgan barcha mahsulotlarning 90 foizgacha qismi markaz orqali oʼtishi mumkin boʼladi. Markazda 300 oʼrinli tibbiyot punkti boʼlgan 4 yulduzli mehmonxona ham barpo etilmoqda.
2021 yilda Oʼzbekiston-Аfgʼoniston oʼrtasida tovar ayirboshlash hajmi 647,0 million dollarni, 2022 yilning yanvarь-sentyabrь oylarida esa 520,6 million dollarni tashkil qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan «Termiz» xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasi hududida yaratilgan imkoniyatlar, investitsiya muhiti va zamonaviy infratuzilma yechimlari taqdim etildi. Аfgʼonistondan kelgan mehmonlar Markaz orqali 10 kun davomida vizasiz sayohat qilishlari, doʼkonlarda xarid qilishlari, chakana va ulgurji savdoni amalga oshirishlari, shuningdek, tijorat binolarini 4-5 oy davomida bepul ijaraga olishlari mumkinligi qayd etildi. Termiz xalqaro savdo markazi xodimlari bu oʼzbek va afgʼon xalqlari oldiga savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashga yoʼl ochadigan eshik ekanini taʼkidlaydi.
Аbror Kurbonmuratov
Sharhlar