AQSHda saylovlar yaqin, Navbahor Imamova Toshkentda Anhor.uz’ga eksklyuziv intervyu berdi / Anhor.uz

Foto: Anhor.uz / Bobur Karimov

AQSHda prezidentlikka nomzodlarning harakatlari, Bayden “doiradan tashqarida” endi u Harrisni qo’llaydi, Trampning esa “oshig‘i olcha” bo‘lyaptimi – Anhor.uz va Amerika Ovozi muhokamalari davom etadi.

Bu gal suhbat markazida Kamala Harris va Donald Tramp. U AQSHning sobiq prezidenti. Amaldagi Qo‘shma Shtatlar rahbari Jo Bayden esa endi poygada emas, u suhbat markazidan chetda qolishni boshlagan. Ko‘zga ko‘ringan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlardagi va’dalari. Vitse-prezidentlar kim va ular nimalarni ilgari surishmoqda? Trampning saylovoldi tashviqotlaridagi ustunligi nimada bo‘lmoqda kabi savollarga aniq javobni ayni dasturimizdan topasiz.

Anhor.uz hamda Amerika Ovozi teleradiosi hamkorlikdagi “Saylov-2024” loyihaning 18-sonini taqdim etadi. Furqat Mahmudxo‘jayev va taniqli jurnalist Navbahor Imamova ishtirokidagi ko‘rsatuvda AQSHda qizg‘in pallaga kirgan joriy yildagi saylovlar va “Oq uy”ga ilk bora yaqinlashayotgan ayol nomzod kimligiga batafsil oydinlik kiritiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.