Elektron to‘lov – qulaylikmi yoki majburiyat? (So‘rovnoma natijalari)

Фото: Gazeta.uz

Toshkent shahar hokimining 2024-yil 25-noyabr kuni qabul qilgan qaroriga muvofiq, avtobus va metropoliten yo‘lkira haqi naqd pulda 2000 so‘mdan 3000 so‘mga oshdi. Albatta bundan asosiy maqsad elektron to‘lov tizimini rag‘batlantirish. Anhor.uz Toshkent shahar jamoat transportlarida yo‘l haqqlarining oshishi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida onlayn so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovnoma sohaga mas’ul tuzilmalar tomonidan qo‘shimcha e’tibor talab qilinadigan jihatlarni aniqlashga qaratilgan.

So‘rovnoma ishtirokchilarning narxlar oshishi va elektron to‘lov tizimini rag‘batlantirishga bo‘lgan e’tiboriga nisbatan munosabatini aniqlashga xizmat qiladi.

“Yo‘lkira narxining oshirilishini qanday qabul qildingiz?” degan savolga 50% dan ziyod respondent salbiy munosabat bildirgan.

Ammo, elektron to‘lov tizimini qo‘llab-quvvatlash haqidagi savolga 80% dan ziyod respondentlar “Ha” deya javob qaytargan.

Shuningdek, ishtirokchilarning “Avtobus salonlarida naqd pul qabul qilinmasligi sizga qanday ta’sir qiladi?” degan savolga 41 foizdan ziyod qismi buni yaxshi qaror ekanligini ta’kidlagan. Ammo, “Elektron to‘lovni amalga oshirish uchun yetarlicha imkoniyatingiz bormi (kartangiz yoki mobil ilovangiz bormi)?” degan savolga qariy 93 % respondent “Ha, menda bor degan” javobni bergan. Demakki yo‘lovchilarning katta qismi elektron to‘lov qilishga allaqachon o‘rganib bo‘lgan.

Yo‘lovchilar qanday takliflar berdi?

  • Jamoat transportlari va undagi ba’zi kichik muammolar haqida maqolalar tayyorlash, transport vazirligi bilan birgalikda reyd tadbirlariga chiqib ijtimoiy tarmoqlarda yoritish kerak. Bundan tashqari jamoat Transportlari qish mavsumiga qanchalik tayyorligi bo‘yicha ham materiallar yoritilishi lozim. Masalan: Jamoat transportlariga qishki shinalar taqilganmi, isitish qurilmalari ishlaydimi va hokazolar?
  • Narxlarini oshishi yaxshi. Chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, bu faqat odamlarni elektron to‘lovga o‘rgatish uchun qilinyapti.
  • Umuman olganda oylik ta’rif rejalarga ulanib olishni tavsiya qilaman.
  • Bu yaxshi o‘zgarish bo‘lar edi. Men qo‘shilaman. Lekin naqd pul bilan to‘lov amalga oshirish uchun ham qandaydir elektron qurilma o‘ylab topish joiz bo‘lardi.

Shuningdek respondentlar

  • Qarorga ko‘ra, elektron to‘lov orqali yo‘lkira narxi arzonroq bo‘ladi. Bu qaror sizni elektron to‘lov tizimiga o‘tishga undaydimi?  (Ha 92,3%)
  • Bagaj uchun qo‘shimcha to‘lov (4 000 so‘m) haqida fikringiz qanday? (Adolatli 16,7%)
  • Jamoat transportidagi narx o‘zgarishlari oilangiz byudjetiga qanday ta’sir qiladi? (Ta’sir qilmaydi 30,8%)
  • Narxlarning oshirilishi evaziga transport xizmatining sifati yaxshilanadi deb o‘ylaysizmi? (Ha 38,5%)

kabi savollarga quyidagicha yuqori raqamlar bilan ijobiy javob berishdi.

Eslatib o’tamiz, Poytaxtda jamoat transportida naqd pul va elektron to’lov turlari orqali yo’l haqi to’lovi amalga oshirilmoqda. Yo’lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron to’lovning quyidagi turlari joriy etilgan:

  • ATTO transport kartasi
  • ATTO virtual kartasi
  • Mobil ilovalar orqali NFC to’lov
  • Mobil ilovalar orqali QR to’lov (Click, UzumPay, MyUzcard, Alif)
  • Bank kartalari (Uzcard, Humo, MasterCard, Visa, China UnionPay)
  • ELEKTRON TO’LOV turlaridan foydalanuvchi yo’lovchilarimiz yo’l haqi uchun to’lovni eski narxda 1700 so’m evaziga amalga oshirishlari mumkin. Ya’ni narx oshmaydi!

NAQD PUL orqali to’lov esa 2000 so’mdan 3000 so’mga oshirilmoqda.

Bundan ko’zlangan asosiy va yagona maqsad – yo’l haqi to’lovida shaffoflikni ta’minlash, haydovchining naqd pul qabul qilishdagi vaqtini, oraliq bekatlarda yo’lovchilarning avtobusga chiqish va tushish vaqtini tejash hamda harakat xavfsizligini oshirishdir. Zero haydovchi naqd pul orqali to’lovni qabul qilish uchun sarflaydigan vaqti qancha kam bo’lsa, avtobus shuncha tezroq yo’nalishida harakatini davom ettiradi. Shuningdek, eng asosiy va muhim maqsad esa – haydovchining moliyaviy bog’liqligini kamaytirgan holda bor e’tiborini xavfsiz boshqaruvga yo’naltirishdan iborat.

Shuningdek, almashish tariflari faqat transport kartasida mavjud bo’lib, ushbu transport kartasidan foydalanuvchi yo’lovchilar 1 soat davomida avtobusdan uchinchi va to’rtinchi marotaba harakatlanishlari mutlaqo bepul bo’ladi.

*Reklama huquqi asosida

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.