Haydovchi, hushyor bo‘ling kamera!

Foto: Anhor.uz

Toshkent shahrida jamoat transportining samaradorligini oshirish maqsadida, IIV Jamoat xavfsizligi Departamenti avtobuslar uchun ajratilgan A yo‘laklar va to‘xtash qoidalarini nazorat qilishni kuchaytirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda yengil avtomobillar tomonidan A yo‘laklar va bekatlardan noto‘g‘ri foydalanish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Bunga javoban, maxsus kuzatuv kameralaridan foydalanish orqali 2000 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlanib, jarimalar rasmiylashtirilgan.

Joriy yil boshida poytaxtga birinchi bosqichda 30 ta kamera o‘rnatilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda yana 30 ta kamera qo‘shilgan. Bugungi kunda birinchi bosqichda o‘rnatilgan kameralar faol ishlamoqda, qolganlari esa integratsiya jarayonida. Umumiy hisobda, poytaxt bo‘yicha 300 ta kuzatuv kameralar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Avtobuslarda mavjud ichki va tashqi kameralar yordamidan qoidabuzar haydovchilarni aniqlash loyihasi. Bu loyiha ma’lum vaqt avval ko‘rib chiqilgan edi. Ya’ni ushbu kameralar, avtotransport harakatini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beribgina qolmasdan, qoidabuzarliklarni aniqlashda yaxshi samara beradi. Ko‘plab avtobus haydovchilari bilan suhbatlarda yengil avtomobil haydovchilari tomonidan A yo‘laklarda to‘xtab turilishi natijasida yuzaga kelayotgan muammolarni ta’kidlab, bu holatni hal qilish zarurligini bildirgan. Ammo bu loyiha ma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmay, to‘xtatib qo‘yilgan edi.

 

Muammoni yaxshiroq o‘rganish maqsadida Toshkent shahrining Furqat, Nukus va Beruniy shoh ko‘chalarida o‘rnatilgan kameralar orqali o‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, yengil avtomobil haydovchilari o‘rnatilgan kameralarga ham e’tibor bermay yo‘l qoidalarini o‘ta qo‘pol tarzda buzib kelmoqda. Ko‘pincha A yo‘laklarda to‘xtab, bekatlarga kirish va chiqish yo‘llarini to‘sib va hatto yo‘laklarda ikki qator bo‘lib to‘xtab turgan fuqarolar ham yo‘q emas. Bu holatlar avtobus haydovchilarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularning norozi kayfiyatda, aholini mas’uliyatga, haydovchilarni tartib qoidaga amal qilishga chaqirish kerakligi, zarur bo‘lsa javobgarlikni oshirish kerakligini bildirmoqda.

                                                                  Muallif: Ilhomjon Sobirov

Reklama huquqi asosida 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.