Inklyuziv xavfsizlik: Iqlim o‘zgarishi qanday qilib nogironligi bor kishilarni evakuatsiya qilishga bo‘lgan alohida yondashuvni talab qiladi
Iqlim o‘zgarishi bevosita yoki bilvosita barcha odamlarning, ayniqsa nogironlarning hayoti va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. “Sharoit Plus” nodavlat tashkiloti favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish kontekstida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini o‘rgandi, unda 15 nafar ekspert ishtirok etdi, ularning 65 foizi nogironlardir.
Ushbu tadqiqot nogironlikning quyidagi shakllarining xususiyatlarini o‘rganib chiqdi: tayanch-harakat tizimida muammolari bo‘lgan odamlar, ko‘rish qobiliyati yo‘qolgan yoki zaiflashgan odamlar, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan odamlar, shuningdek, mental va intellektual nogironligi bor kishilar.
Nogironlishi bor kishilarni evakuatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Binolarni qurishda infratuzilmani ta’minlash muhim rol o‘ynaydi, masalan, yechib olinadigan derazalar, ixtisoslashtirilgan yuk ko‘taruvchi qutqaruv mexanizmlari, shuningdek, axborot ta’minoti.
Muhim masala – binoda nogiron kishi yashashi yoki joylashganligi haqida qutqaruvchiga qanday ma’lumot berish kerak. So‘rovda qatnashgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu binoda nogiron odam borligini aniq ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi belgilar tizimiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Mental nogironligi bor kishilarni evakuatsiya qilish uchun, bu odamning yaqinlari yoki yaqinlari ishonishi mumkin bo‘lgan qarindoshlari bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan odamni evakuatsiya qilishda, uni hech qanday holatda itarmaslik kerak, unga atrofdagi vaziyatni tushuntirish, shuningdek, yo‘lda duch kelgan to‘siqlar haqida ogohlantirish lozim.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatlarda eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lgan odamlarni evakuatsiya qiladigan mutaxassislar kamida o‘z faoliyatiga tegishli asosiy imo-ishora tilini bilishlari zarur (oddiy so‘zlar to‘plami).
Texnik vositalar
So‘rovda qatnashgan mutaxassislar bugungi kunda favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun texnik vositalar haqida yetarlicha ma’lumot yo‘qligini qayd etadi. Shunga qaramasdan, ular quyidagi ehtimoliy texnik vositalarni ko‘rsatib o‘tishdi:
1) Ovozli qo‘llab-quvvatlashga ega favqulodda vaziyatlarda xabar beruvchi ilovani ishlab chiqish.
2) Eshitish qobiliyati zaif odamlar yashaydigan uylarda miltillovchi chiroqlardan foydalanish.
3) Mobil panduslar va boshqalar kabi mobil qurilmalardan foydalanish.
Evakuatsiyadan keyingi davr ham juda muhim hisoblanadi – buning uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi nogironlik masalalarini tushunadigan ijtimoiy xodimlarni ishga olishi kerak.
To‘siqsiz muhit monitoringi
“Sharoit Plus” nodavlat notijorat tashkiloti favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni xavfsiz evakuatsiya qilish maqsadida Qoraqalpog‘istondagi jamoat binolarida qulay muhitning ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi. Monitoring natijasida 16 ta shifoxona va 6 ta ta’lim muassasasi, jumladan, inklyuziv maktablar va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi sharoitlar o‘rganildi. Joriy yilning iyul-avgust oylarida Nukus, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli va Amudaryo tumanlarida monitoring o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra, panduslarining 22,7 foizi qulay, 22,7 foizi noqulay, 54,5 foizi esa qisman qulay ekani aniqlandi.
Kirish eshigining qulaylik darajasiga ko‘ra, 22,7 foiz hollarda qulay, 22,7 foiz hollarda noqulay, 54,5 foiz holatdarda esa qisman qulay ekanligi ma’lum bo‘ldi. 45,5% hollarda old eshikning kengligi 1 m va undan katta bo‘lgan, bu normaga to‘g‘ri keladi, 54,5% hollarda esa 1 m dan kichik bo‘lgan.
Faqat 18,2% hollarda kirishda bo‘sag‘a bo‘lmagan; 81,8% hollarda noqulay bo‘sag‘a mavjud bo‘lgan.
40,9% hollarda favqulodda evakuatsiya sxemasi bo‘lmagan, faqat 59,1% hollarda sxema mavjud bo‘lgan.
31,8% hollarda binolarda yong‘in signalizatsiyasi bo‘lmagan, 27,2% hollarda signalizatsiya mavjud bo‘lgan, lekin u ishlamagan, 40,9% hollarda signalizatsiya ishlagan.
FVV xodimlari uchun inklyuziv yordam bo‘yicha treninglar
“Sharoit Plus” nodavlat tashkiloti О‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qutqaruv xizmati mutaxassislari uchun trening o‘tkazdi, unda 17 kishi ishtirok etdi. Trening davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni evakuatsiya qilish bilan bog‘liq turli holatlar tahlil qilindi.
Trening davomida ishtirokchilar va trenerlar o‘rtasida fikrlar ziddiyatlari yuzaga keldi. Favqulodda vaziyatlarda nogironlarning huquqlarini ta’minlashda qutqaruvchilar ushbu toifadagi odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar. Masalan, ko‘zi ojiz shaxsni evakuatsiya qilish jarayonida qutqaruvchi o‘zini tanib olishi, keyin esa uni qutqarishi kerakligi haqidagi qoida BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasiga to‘liq mos keladi. Aksincha, ishtirokchilar qutqarish paytida bu qoidalar kerak emasligini, har bir soniya muhimligini ta’kidlashdi.
FVV xodimlari uchun o‘quv moduli
“Sharoit Plus” tashkiloti Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uchun “Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofatlar paytida turli shakldagi nogironligi bor kishilarning ehtiyojlariga samarali javob berish” o‘quv modulini ishlab chiqdi. U Favqulodda vaziyatlar vazirligining 20 nafar xodimi uchun sinovdan o‘tkazildi va kelgusida uni amalga oshirish О‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik muhofazasi instituti va “Sharoit Plus” o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshiriladi.
Modulning maqsadi – О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan ekstremal ob-havo sharoitida turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga joriy muammolarni vaziyatga qarab tahlil qilish orqali samarali javob berish bo‘yicha salohiyatini va imkoniyatlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Normativ-huquqiy bazaning yo‘qligi
Mutaxassislarning qayd etishicha, О‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy baza ishlab chiqilmagan. Ular quyidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi:
1) О‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda vaziyatlarda nogironlarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonuni.
2) Favqulodda vaziyatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha davlat strategiyasini ishlab chiqish.
3) Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqish.
4) Turli shakldagi nogironligi bor kishilarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.
5) Favqulodda vaziyatlar vazirligining surdo-tarjimonlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tayyorlash va qabul qilish.
22-avgust kuni “Sharoit Plus” Toshkent nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan О‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqarolik muhofazasi milliy hamkori instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumda shu va boshqa masalalar muhokama qilindi. “Iqlim o‘zgarishining nogironlarga ta’sirini yumshatish” dasturi doirasida “О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining iqlim o‘zgarishi sharoitlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga javob berish salohiyatini oshirish” loyihasi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladi va Yevroosiyo Jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Dana Oparina
Sharhlar