Navoiy — Mustaqillik yillarida
Navoiy viloyati O‘zbekistondagi eng yosh viloyatlardan hisoblanadi. Uning maʼmuriy markazi – Navoiy shahri 1958 yilda tashkil etilgan. Shaharni qurish uchun mazkur joy tasodifan tanlanmagan. Bu yerda tog‘-kon va metallurgiya sanoati jadal rivojlanib kelayotgan hududdir.
Navoiy viloyati o‘zining betakror maskanlari bilan har qanday sayyohni o‘ziga maftun qila oladi. Ana shu maftunkor, shiddat bilan rivojlanib borayotgan, mehmondo‘st va sofdil, aholisi mehnatkash, tadbirkorlik, iqtisodiyot, ishlab chiqarishi rivojlanayotgan Navoiyga Anhor.uz jurnalistlari safar qilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Safarga viloyat hokimligi axborot xizmati hamrohlik qildi. Material mamlakat mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari arafasida tayyorlandi.
Viloyat qadimiy tarixga ega. Sarmishsoy darasida qimmatbaho arxeologik topilmalar, Nurota tizmasining janubiy yonbag‘iridagi g‘orlarda esa qadimiy odamlarga tegishli rasmlar topilgan. Mintaqadagi eng go‘zal joylardan biri bu – Aydarko‘l ko‘lidir.
Qadim zamonlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘llari viloyat hududidan o‘tgan.
Bu yerda Chashma diniy majmuasi, shuningdek, XI asrga tegishli bo‘lgan bir paytlar ulug‘vor qalʼa – Raboti Malikning qoldiqlari joylashgan.
Viloyat so‘z mulkining sultoni, shoir, faylasuf va davlat arbobi Alisher Navoiy sharafiga nomlangan. Shoir o‘z asarlarida ishqning sadoqati, do‘stlik, birodarlik, kamtarlik, rostgo‘ylik, vijdonlilik, maʼrifatga sadoqat haqida kuylab o‘tgan.
Bugungi kunda Navoiy viloyati sanoat markazi bo‘lib, u yerda mashhur Navoiy kon-metallurgiya kombinati joylashgan. Mazkur kombinat eng yuqori standartdagi oltin va boshqa eksport mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Aynan Navoiy viloyatida mamlakatimizda birinchi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
Geografiyasi
Navoiy viloyati O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Viloyatning shimoli-g‘arbiy qismi Qizilqum platosi bilan chegaradosh, sharqda esa go‘zal Nurota tog‘lari bilan o‘ralgan.
Viloyatning janubiy tomoni Zarafshon daryosi suvlari bilan yuviladi.
Bobur Karimov, Ilhomjon Sobirov
Sharhlar