O‘quv yili boshlandi: jamoat transportida vaziyat qanday?
Shahar sharoitida jamoat transportlaridan foydalanish tartibni saqlash va ekologiya buzilishini oldini olishda muhim. Toshkentdek tez suratda rivojlanib, yirik megapolisga aylanayotgan poytaxt uchun bu o‘ta zarur.
Ayniqsa, har o‘quv yilining boshlanishi Toshkentda jamoat transportining sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Talabalar va maktab o‘quvchilari sonining ortishi, arzon va qulay jamoat transport vositalariga bo‘lgan talabni keskin oshiradi. Shu sababli, bu davrda avtobuslarning holati va transport tizimining samaradorligi qanday o‘zgarishini tahlil qilish zarur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtdagi 89 ta davlat, xususiy va xorijiy OTMda minglab talabalar ta’lim oladi. Demak, o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent ko‘plab mehmonlarni qabul qiladi. Bu esa transport sohasida alohida tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
“Toshshaharxizmat” AJning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv yili boshlanishi bilan 95 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent shahri hududida joylashgan 34 ta oliy ta’lim muassasalari orqali harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishlardan 11 tasida o‘ta katta sig‘imli, 72 tasida katta sig‘imli va 12 tasida o‘rta sig‘imli avtobuslarning harakati yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalishlarga reja bo‘yicha kuniga 1037 ta harakat tarkibi yo‘nalishlarga chiqarilib, qatnovlar o‘rtasidagi oraliq intervallari o‘rtacha 8-12 daqiqani tashkil etmoqda.
Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur tumanlari, Chorsu va Oloy bozorlarida joylashgan bekatlarda olib borgan erkin o‘rganishlarimiz davomida, avtobuslar bilan bog‘liq tirbandlik va belgilangan intervallardan kechikishlar ko‘zga tashlanmadi. Fuqarolar bilan suhbatlar davomida ham aynan shu fikrlarni eshitdik.
Lekin, doim bo‘lgani singari ertalab va kechki paytda, odamlar ish va o‘qishga otlanadigan vaqtlarda tirbandliklar yoki uzilishlar bo‘lishi bor gap. Biz ayni holatni “Mustaqillik shoh” ko‘chasida joylashgan bekatlarning birida ko‘rdik. Bir bekatda 30 nafar yaqinga yo‘lovchilar avtobus kutyapti. Lekin ularning hammasi bir yo‘nalishdagi transportni ketmaydi. Bu trassadan 83, 17, 199, 24, 60, 98, 58 va boshqa turli manzillarga olib boruvchi avtobuslar harakatlarni amalga oshiradi. Kunning jamoat transportlaridan ko‘p foydalanadigan qismi ekanligi va har daqiqada bekatga kelayotgan avtobuslar o‘z yo‘lovchilarini olib ketayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, qariyb 10 ga yaqin avtobus qatnaydigan yo‘nalishda imkon qadar samarali ish olib borilmoqda. Bu masalada talabalar, aholi va haydovchilarning fikri qanday?
So‘rovlarimiz davomida fuqarolar avtobus va metrolar sonini ko‘paytirish, transportlardagi mavjud sovitish moslamalarini o‘chirib qo‘ymasliklari, poytaxtda yo‘lovchilar uchun har bir tumandan Shahar markaziga avtobuslar qo‘yish kabi takliflarini bildirdi.
Toshkent shahrida o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari va ular haqidagi yana ham ko‘proq ma’lmotlarni avvalroq saytimiz orqali e’lon qilgan edik. U materialdan batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Anhor.uz o‘rganish va surishtiruvlarini davom etadi.
*Reklama huquqi asosida
Sharhlar