O‘zbekistonning davlat tashkilotlari qimmat shokolad konfetlariga millionlab mablag‘ sarflamoqda
Turli davlat tashkilotlari bir qutisining narxi 500 ming so‘mdan boshlanib, 3,7 million so‘mga yetadigan Qand Choco brendining qimmat konfetlarni xarid qilmoqda. Xususan, o‘tgan yil iyun oyida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan umumiy qiymati 24,7 million so‘mlik (har bir quti 1,6 million so‘mdan oshadi) 15 quti shokolad xarid qilingan.
“Nachinkali 12 ta shokoladli konfet solingan, buyurtmachining logotipi va aydentikasi bosilgan hamda BrandBook asosida idividual dizayn ishlanmasiga ega brendlashtirilgan quti. Unda yuqori sifatli sara quruq mevalardan foydalanilgan va konfetlar Brand Book asosida individual brending, dizayn va buyurtmachining logotipi bilan bezatilgan qo‘lda ishlangan qutiga qadoqlangan. FSSC, Halal, ISO 9001, ISO 22000 xalqaro sertifikatlariga ega L114, M – 114, N823 markali shokoladdan foydalaniladi”, — deyiladi O‘zbekiston davlat xaridlari saytida.
2023-yil may oyida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1,3 million so‘mga besh quti shokolad xarid qilingan. Shu bilan birga, veb-saytda TXYaK (Tovarlar va xizmatlarning yagona klassifikatori) kodi “tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar” sifatida belgilangan.
O‘sha yilning 12-iyunida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qiymati 154 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 160 quti shokolad xarid qilingan bo‘lib, har bir quti byudjetga 965 ming so‘mdan sal ko‘proqqa tushgan. Bir kun o‘tib, jamg‘arma tomonidan 61,5 million so‘mlik 116 quti nachinkali shokolad xarid qilingan. Har bir quti 531 ming so‘mdan tushgan. Jamg‘arma tomonidan o‘tgan yil dekabr oyida har biri 3,7 million so‘mdan 5 to‘plam shokolad xarid qilingan. Xaridning umumiy qiymati 18 million so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Xaridlarda ular prezidentning “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3953-son qarori asosidagi tadbirlar uchun mo‘ljallangan tovarlar ekanligi ko‘rsatilgan. 28-bandda xalqaro va davlatlararo miqyosda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xaridlar davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ijrochi haqida nimalar ma’lum
Saidbob Shust Mas’uliyati cheklangan jamiyati kakao, shokolad va shakarli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, ustav kapitali 973 million so‘mdan ortiq. Ta’sischilar – Jщraev Sohibjamol Baxtiyorovich (76,3%) va Kazaryan Andranik Valerevich (23,7%).
Anhor.uz tahririyati Bosh prokuraturaga bunday qimmat shirinliklarni xarid qilishning asosli ekani yoki yo‘qligi haqida so‘rov yubordi.
Sharhlar