Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston ishtirokiga 28 yil to‘ldi, 66 mamlakat shu paytgacha medalsiz
1896-yilda zamonaviy o‘yinlar boshlanganidan buyon 150 dan ortiq mamlakat va hududlar medallarga da’vogarlik qilgan bo‘lsa-da, ular orasida deyarli bir asrlik ishtirokida birorta ham medal qo‘lga kiritmaganlar ham bor. Anhor.uz bunga e’tibor qaratdi. To‘liq ma’lumot videomaterialda.
70 ga yaqin mamlakat va hududlar, ya’ni xalqlar paradining uchdan bir qismi yoz yoki qishda hech qanday intizom bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori bilan maqtana olmaydi. Ba’zilar, masalan, 2016-yilda Olimpiada o‘yinlariga o‘zining birinchi jamoasini yuborgan Janubiy Sudan, endigina sinab ko‘rishni boshlaydi. Boshqalar, masalan, Monako, bir asrdan ko‘proq vaqt davomida shunday qilishmoqda.
AQSHning Atlanta shahrida 1996-yilda bo‘lib o‘tgan turnirda yurtdoshlarimiz to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida debyut qilishgan. Delegatsiyamiz vakillari 13 ta sport turidan 71 nafar sportchi bilan (63 nafar erkak, 8 nafar ayol) o‘yinlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.
Ayni payt Parijda davom etayotgan 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonliklar qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib ulgurishdi.
Sharhlar