O‘zbekiston JSTga kirishining 5 ta sababi – “Vatandosh TV”da muhokama etildi
3-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini imzolagandi.
Uning asosida O‘zbekistonni JSTga kiritish bo‘yicha jadal ishlar boshlandi. Yoshlar ishlari agentligining majlislar zalida “Vatandosh TV”ning yangi loyihasi “Vatandosh” intellektual klubi”ning “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi va tashkilotga a’zolikning mamlakat hayoti uchun ahamiyati” mavzusida ilk yig‘ilishi tashkillandi. Unda mamlakatning ko‘zga ko‘ringan iqtisodchilari, siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida professor Valijon To‘raqulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi JST bilan ishlash bosqarmasi boshlig‘i Mirsodiq Mirahmedov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev, Westminster (London) universiteti tadqiqotchisi Ahliddin Malikov o‘z taqdimotlari bilan qatnashib, mavzu bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
Spikerlaring ma’lumotlariga ko‘ra JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun asosan 5 ta imtiyoz beradi.
Ya’ni:
-
Iqtisodiy manfaatlar ortadi. Mahsulotlarning o‘zora almashinuviga to‘siqlarsiz erishiladi. Tovar ayriboshlash, yuqori texnologiyalardan foydalanish va rivojlanishga ta’sir qiladi.
-
Aholi turmush darajasi ko‘tarilishiga turtki bo‘lib, sotib olishda mahsulotlar tanlovi ortadi.
-
Eksportlar hisobiga mahalliy mahsulotlar arzonlashadi. 4. Mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish byudjetga pul tushumlarini, savdoni erkinlashtirish esa mamlakat va savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar daromadini oshiradi.
-
Chetdan kelgan investitsiyalar hisobidan ishsizlik qisman bartaraf etiladi.
Uchrashu spikerlar va mehmonlarning savol javoblariga boy tarzda o‘tdi.
O‘zbekiston JST a’zoligiga qabul qilinsa, JST boshqa xalqaro tashkilotlar singari davlat siyosatiga aralashishga harakat qilmaydimi, deya berilgan savolga qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev quyidagicha javob berdi.
“Yo‘q unday bo‘lmaydi. Chunki JST BMT, Jahon Banki kabi qonun-qoidalarni o‘zi o‘ylab chiqaradigan tashkilot emas. Unga a’zo barcha davlatlar uchun qonun qoidalar ma’qul bo‘lsagina ular qabul qilinadi”, – dedi u.
O‘zbekistonning JSTga a’zoligi tasdiqlansa, respublikadagi monopol kompaniyalar raqobatga bardosh bera olmay uning xodimlarida ish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmaydimi, shaklidagi savolga ham javob berar ekan, G‘aniyev shunday fikrlarni ilgari surdi “yo‘q, bo‘lmaydi. Sababi O‘zbekistonning 60 foizi qismi ish kuchiga ega yoshlar tashkil qiladi. Bu investorlarni qiziqtiradi va katta investitsiyalar respublikaga kirib kelib yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi” deb fikriga nuqta qo‘ydi.
Malumotlarga qaraganda, JSTga a’zo bo‘lish uchun 66 xil turdagi hujjatlar tayyorlash talab etiladi. O‘zbekiston esa 2026-yilda JSTga a’zo bo’lishi kutilmoqda.
Sharhlar