O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasining ulushi 12,5% ga yetdi: Namangan viloyati va Qo‘qon shahridagi ahvol qanday?
O‘tayotgan yillar mamlakatda noqonuniy mahsulotlar savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni o‘rtaga chiqarmoqda, ayniqsa tamaki mahsulotlarining kontrabandasi sohasida. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamentining 2024-yilning avgust oyida yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasining ulushi 12,5% ga yetgan. Bu yashirin savdo muammosining keng ko‘lamiga dalolat qiladi. Joriy yilning birinchi 8 oyi davomida davlat noqonuniy sigaret sotilishi tufayli 353.2 mlrd so‘m soliq tushumlarini boy berdi.
Farg‘ona vodiysi tamaki mahsuloti yashirin bozorining markazi sanaladi. Bu hududda noqonuniy aylanma ulushi mamlakat bo‘ylab o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada oshib, 25,6%ga yetdi. Farg‘ona vodiysining ayrim shaharlarida vaziyat yana ham yomon: Marg‘ilonda noqonuniy aylanma 27,2% ni, Qo‘qonda – 25,6% ni, Farg‘ona shahrida esa – 19,7 foizni tashkil qiladi. Shulardan kelib chiqgan holda nashrimizning navbatdagi safari Namangan viloyati va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bo‘ldi.
Hududlardagi asl holatlar qanday ekanligini bilish maqsadida Namangan viloyati Bojxona boshqarmasiga axborot so‘rovi yubordik. Unga kelgan javobga ahamiyat qaratilsa, boshqarma tomonidan muqaddam aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari va aksiz markalari bo‘lmagan 2023 yil davomida jami 37 ta xolatda 3 mlrd 746 mln 773,4 ming so‘mlik 412 594 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy xarakatini oldi olingan.
Viloyatning Namangan shahri, Uychi va Chortoq tumanlarida amalga oshirgan surishtiruvlarimiz davomida 20 dan ortiq savdo nuqtalari, Namangan shahri markazidagi Sardoba savdo majmualarida mamlakat hududiga noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan va erkin muomalada sotilayotgan kontrabanda va kontrafakt tariqasida malakalanuvchi tamaki mahsulotlaridan ham oddiy haridor sifatida kirib haridlari amalga oshirildi. Bu esa qo‘shtirnoq ichidagi uddaburon tadbirkorlarning mamlakatda o‘rnatilgan tartib qoidalarga bepisandligini va qo‘pol qonunbuzish xolatlarini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek Uychi va Chortoq tumanlaridagi savdo do‘konlaridan bank plastik kartalari orqali savdo qilish mushkul, karta tutsangiz sizga sotuvchi o‘qrayibgina qaraydi va “clikc yoki paymiyingiz yo‘qmi” karta apparatimiz buzilib qolibdi yoki bankda edi degan javob berishadi. Quyida aks etayotgan foto skrinshotlar so‘zlarimizning isboti bo‘ladi.
Namanganda nazorat organlari faoliyati qay darajada tashkil etilgan, viloyat Soliq boshqarmasi ayni sohada qanday o‘rganishlar olib bormoqda kabi savollarga boshqarma matbuot xizmati quyidagicha javob berdi.
Viloyatga qilgan safarimiz davomida aniqlangan holatlar yuzasidan nashrimiz mutasaddi tashkilotlar va nazorat organlariga qayta axborot so‘rovi yuborishini ma’lum qilgan holda safarimizni vodiyning yana bir katta hududi Qo‘qon shahrida davom ettirdik.
Qo‘qon shahridagi “Qo‘qon Muzaffar savdo” oziq-ovqat va aralash mollar savdo markazi. Ushbu bozor shaharga tutash tumanlarga katta hajmdagi turli mahsulotlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo maskani hisoblanadi.
Bu yerda, kiraverish darvozadan chap tarafda 3 ta va o‘ng taraf 3 – blok o‘rta qismida 1 ta do‘konlarda qonun hujjatlarida kontrabanda deb malakalanuvchi qator turdagi tamaki mahsulotlari erkin savdo qilayotganligi jurnalistimizning viloyatga qilgan safarida aniqlangan. Siz ushbu tasvirlarda ko‘rib turgan joylar aynan ushbu savdo markazidan tasvirga tushirilgan.
O‘rganishlar davomida bozor hududidagi do‘konlardan tamaki mahsulotlari harid qilganimizda NKM orqali beriladigan xarid chekida tamaki emas, balki, oziq ovqat, sut, non mahsuloti sotilganini ko‘rsatuvchi chekni taqdim etishmoqda. Aksar savdo do‘konlari xatto nazorat kassa mashina chekini berishdan bosh tortishdi ham. Bu holatlar esa soliq siyosatidagi qonun buzilish holatlarini anglatadi. Shuningdek, Dang‘ara, Bag‘dod va Uchko‘prik tumanlari hududlaridagi bozorlarda ham kontrabanda tamaki sotuvchi savdo nuqtalari aniqlangan.
Sharhlar