“Qallob bank qo‘ng‘irog‘i”: Telefon orqali firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin?

Foto: Anhor.uz

Siz o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq olganmisiz? Ular sizga kartangizda shubhali harakatlar borligini aytishadi va darhol shaxsiy ma’lumotlaringizni berishingizni talab qilishadi. Anhor.uz masalaga e’tibor qaratdi.

Bu firibgarlik! Bugun sizlarga taqdim etayotgan videomizda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bilan birgalikda telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarlik sxemalarini ochib beramiz. Ular qanday ishlashini, qanday aldamchi usullardan foydalanishlarini va ushbu firibgarlikka qanday qarshi turish kerakligini o‘rganamiz.

Bu videoda siz uchun foydali maslahatlar va amaliy ko‘rsatmalarni tayyorladik: “Bank xodimlari” qo‘ng‘irog‘i orqali firibgarlik sxemalari Firibgarlardan himoyalanish uchun eng yaxshi usullar. Agar firibgarlarga shaxsiy ma’lumotlaringizni berib qo‘ygan bo‘lsangiz nima qilish kerak? Firibgarlardan o‘zingizni himoya qiling va shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlang!

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.