Qilinadigan be’minnat yaxshilik bu – katta shahar an’anasi
Hademay yangi o‘quv yili boshlanadi. Ilmga, bilim olishga chanqoq xalqparvar el bolalari maktab, kollej, akademik litsey yoki oliy o‘quv yurtlariga oshiqadi. Bu jarayon esa xar bir ota-onadan katta-kichik tayyorgarlikni talab qiladi.
Albatta, moliyaviy imkoniyat bu jarayonlarda o‘z so‘zini aytishi tabiiy. Hamma farzandi uchun yangi kiyim-kechak, o‘quv qurollari harid qilishi bu ham an’ana. Biroq, atrofimizda ana shunday moliyaviy imkoniyatlari yuqori bo‘lmagan hamyurtlarimiz ham bor. Agar qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y, ish yoki o‘qish joyingizda shunday odamlar bo‘lsa ularni e’tibordan chetda qoldirmang, ularning ham bolalari bilim maskanlariga Sizning farzandlaringiz kabi chiqishga haqli.
Ko‘mak bering, qilinadigan bunday yaxshiliklarni ko‘pchilik bildirmaydi, bunday holatlarda ayniqsa, bildirmaslik kerak. Sababi, bu ana shu yordam olayotgan farzandlar ruhiy holatiga ta’sir qilishi mumkin. Zero, qilinadigan be’minnat yaxshilik bu eng katta yaxshilikdir va bu katta shahar an’anasi bo‘ladi.
Sharhlar