Saylovchilar “Elektron ovoz berishmoqda”, u an’anaviy ovoz berishdan qanday farq qiladi

Oʻzbekistonda bugun deputatlar saylovi amalga oshirilmoqda, joylarda fuqarolar nafaqat an’anaviy, balki elektron qurilma orqali ham nomzodlarga ovoz berishmoqda. Bu tizim mamlakat saylovlari tarixida ilk marotaba amalga oshirilmoqda. Anhor.uz Toshkent shahridagi 19-uchastka saylov komissiyasida bo’ldi va elektron saylov qanday kechishi haqida saylov uchastkasidan reportaj tayyorladi.

Biroz avval, Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda deputatlik saylovi o‘tgan deb hisoblandi deya ma’lumotlarni taqdim qilgandi.

Bu yil, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Anhor.uz tong sahardan Toshkentning qator tumanlaridagi saylov uchastkalarida bo’lib jarayonlarni bevosita yoritib kelmoqda.

Bobur Karimov, Ilhomjon Sobirov

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.