“Siz mingan avtobus salomyotdan havfli bo‘lishi mumkin” – haydovchi hikoyasi
Siz mingan avtobus salomyotdan havfli bo‘lishi mumkin… – qachonki noqobil, o‘qimagan haydovchi boshqarayotgan bo‘lsa.
Ijtimoy tarmoqlarda bir nechta avtobus haydovchilarining o‘zboshimchalik oqibatida transportlar bilan turli hil ko‘ngilsiz voqealar sodir etayotganiga guvoh bo‘ldik. Natijada axoli o‘rtasida bir vaqtning o‘zida o‘nlab yo‘lovchilaring havsizligi qo‘lida bo‘ladigan jamoat transporti haydovchilariga nisbatan salbiy munosabat shakllangani bor gap. Shuning uchun bu masalani o‘rganishga kirishdik.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibida bugungi kunda 3 598 nafar haydovchilar faoliyat yuritmoqda. Xususan, 1-sonli avtobus saroyida 183 nafar haydovchilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ulardan biri 55-yo‘nalish haydovchisi Botir To‘ychiyevdir. Sohada 30 yillik to‘plangan bilim, xorijda orttirilgan tajriba, yillar davomida charxlangan mahorat chindan haydovchilarning ishi o‘ta mas’liyatli ekanini ko‘rsatdi. Qahramonimiz bilan jamoat transporti, kasbga kirib kelishi, sohadagi yutuq va kamchiliklar haqida suhbatlashganimizda yo‘lovchilarni bir bekatdan boshqasiga yetkazib qo‘yish uchun haydovchilar, mexaniklar, g‘aznachilar, chiptachilar va boshqa kasb egalari shirin uyqusi-yu, sokin tunidan kechishga majbur bo‘lishlarini his qildik.
Avtobus haydovchisining bir kuni qanday o‘tadi?
Erta azon bilan xo‘rozni biz uyg‘otamiz. Undan so‘ng ishxonaga kelamiz. Zarur rasmiyatchilikdan so‘ng qadrdon yo‘lovchilarni ishga, o‘qishga olib borish uchun 55-yo‘nalishga ravona bo‘lamiz. Kun davomida bir bekatdan boshqasiga odam tashiymiz, ularning yo‘l haqqini yig‘imiz. Onda-sonda yo‘llarga no‘to‘g‘ri to‘xtagan, A yo‘laklarni band qilib qo‘ygan, bekatlarga mashinasini qo‘yib, o‘zi yo‘q bo‘lib ketgan haydovchilarga “salomimizni” aytib, qo‘l siltab ketamiz.
Aslida har bir kasb egasi xalq xizmati. Lekin, avtobus haydovchilarichalik xalqning ichida yurib xizmat qiladigan kasblar kam. Siz kasbingizni sevganingiz o‘laroq shu xalq uchun mehnat qilasiz, ular uchun ter to‘kasiz, bor quvvatingizni sarflaysiz. Yo‘lovchilarni xizmatingizga nisbatan minnatdorligini nimada ko‘rasiz?
Yo‘lovchilar turli xil bo‘lishadi. Kimdir chin dildan minnatdor bo‘lsa, ba’zilar yuzaki, kam sonli insonlarda esa “Ishing bo‘lgandan keyin qilasanda”, degan tushuncha ham yo‘q emas. Shunday bo‘lsada bekatdan chiqqan yo‘lovchini sog‘-omon manziliga yetkazib qo‘yganimning o‘zi menga katta mukofot. Agar ular avtobusdan tushayotganida “Rahmat”, “Sog‘ bo‘ling” “Oq yo‘l” deb ikki og‘iz gapirib ketsa, boshimiz ko‘kka yetadi, mana shu so‘zning o‘zi charchoqni tarqatadi.
Bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlar havsizligi mas’uliyatini gardaniga olib yurish og‘ir. Siz bu mas’uliyat qanday his qilasiz?
Albatta to‘g‘ri aytasiz. Yil sayin Toshkent kengayib, axoli soni ortib, poytaxt yirik megopolisga aylanmoqda. Shunga yarasha, tirbandlik, transportlarning ko‘pligi, ularni boshqarayotgan tajribasi kam haydovchilarning shaharda yo‘l qoidalariga amal qilmasdan, trasport boshqarishi kabi mavzular dolzarblashadi bu vaziyatda. “Agar sen urmasang, otasining puliga “Prava” sotib olgan kelib urishi hech gap emas”. Shu ma’nodan har doim sergak, hushyor bo‘lish juda muhim. Avtobusning kattaligini hisobga oladigan bo‘lsak, ozgina keskin harakat ham ichkarida o‘tirgan yo‘lovchilar uchun ayanchli tugashi mumkin. Shuning uchun yo‘nalishda yurgan vaqtimizda ham ruhan ham jismonan har qanday holatga tayyor turishga harakat qilamiz.
Sizningcha, avtobus haydovchisini jamiyatdagi boshqa kasblar bilan taqqoslasak, mas’uliyati, mehnati, jonkuyarligi, jamiyatga yetkazadigan manfaati yuzasidan qaysi kasbga teng bo‘lgan bo‘lardi?
Bu savol ancha murakkab. Aslida solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Har kasbni o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. Hech birini rad etib, yoki birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Lekin agar mas’uliyat yuzasidan olib qaraydigan bo‘lsak, men haydovchilikni YPX xodimlari ishiga qiyoslagan bo‘lardim. Chunki ular ham yo‘llarda, biz ham. Ular ham huddi biz kabi yo‘lovchi va haydovchilar bilan muloqot qilishadi.
Agar sohaga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritishga imkon berilganda nimalarni amalga oshirgan bo‘lardingiz?
Avvalo, ayni jamoat transporti sohasida yo‘lovchilarning qulayligini taminlash maqsadida bekatlardagi sharoitlarni qayta ko‘rib chiqardim. Avtobuslarning bekatlarga kirib-chiqishi, yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish va tushurish kabi masalalar chuqur o‘rganilib, kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilishiga muhtoj. Shuningdek, haydovchilarga berilayotgan qo‘shimcha yuklamalar. Avtobus boshqaruvchilarning asosiy vazifasi yo‘lovchini tez, havsiz va qulay manziliga olib borish. U shu vazifani yuqori darajada amalga oshirsa, o‘z ishini bajarga hisoblanishi kerak. Afsus bu mavzuda ba’zi holatlarga ko‘z yumiladi.
Botir To‘ychiyev suhbatimizda o‘zining mulohazali fikrlari bilan muomolarni yoritib bergan bo‘lsa, oldindan tayyorlangan blis savollarimizga biroz o‘ylanib qoldi.
Sohada majburiyatga qarab ishlaysizmi mas’uliyatga?
Majburiyatga qarab mas’uliyat bilan ishlayman.
Avtobus haydovchilar qanchalik darajada sahiy?
Avtobus haydovchilarning katta qismi hamma sohada sahiy. Yo‘l haqqi masalasida juda kamdan kami so‘rab oladi. Ba’zilar bermay tushib ketsa ham indamaydi. Shirin so‘z aytish ham bu bir sadaqa bu mavzuda ham hech kimdan kam emasmiz.
Odatda tezlikni oshirib turasizmi?
Juda kam vaqtlarda.
Ish kunningiz davomida yaxshi ham ishga chiqibman deb, shukr qilasizmi?
Ishga chiqqan kunimning har biriga shukr qilaman.
Ishizngizda qiyinchilikdan afsuslanasizmi yoki qadrsizlikdanmi?
Qiyinchilik hamma ishda bor, qadrsizlikdan.
Qanday ish kunigizni humori tutadi?
…
Sizdan yo‘lovchilar nimani qizg‘onadi?
…
Kunining katta qismini ishda o‘tkazadigan qahramonimiz oilasiga ham yaxshi vaqt ajratadi. 3 farzand 2 o‘g‘il 1 qizning ota onasi bo‘lgan Botir To‘ychiyev va Komila To‘ychiyevalar bugun 8 nabiraning suyukli bobo-buvisi. Yoshligidan yaxshi berilgan tarbiya natijasi o‘laroq bugun ikki azamat o‘g‘illari harbiy xizmatda. Qariyb 30 yildan buyon birga umr kechirayotgan Komila To‘ychiyeva turmush o‘rtog‘dan mingdan-ming rozi. “Xalq xizmatida yurgan, ularning duosini olgan inson kam bo‘lmaydi. Yaqol misol menning turmush o‘rtog‘im”, -deydi to‘lqinlanib Komila opa Botir aka haqida.
Umuman olganda biz sizga birgina haydovchi misolida mas’uliyati og‘ir bo‘lgan kasb egalari haqida hikoya qilmoqchi edik. Shunchaki, kunda ko‘rib o‘rgangan ko‘zlarimizni sinchikovlik bilan manzilimiz sari ilgarilayotgan avtobusni boshqarayotgan haydovchiga e’tibor bersak, huddi u o‘rinda ko‘zingizga farishtadek ko‘ringan shifokor, osmonda sizni olib uchuyotgan uchuvchi, jang maydonida oldinga o‘tib, ozodlik sari yo‘l boshlayotgan sarkardani ko‘rasiz.
Zero, hammasining vazifasi bir, siz-u bizga xizmat ko‘rsatish. Mehr ulashishdan, rahmat aytishdan charchamang. Yo‘llarimiz hamisha ravon bo‘lsin.
*Reklama huquqi asosida
Sharhlar