Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ishida uzilish yuz berdi
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ishida uzilishlar yuz berdi. Kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida muammoni hal qilish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Downdetector servisi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 mingga yaqin foydalanuvchi uzilishlardan shikoyat qilgan. Bir soat o‘tgach, Starlink ish qayta tiklanganini ma’lum qildi.
Uzilishlar Toshkent vaqti bilan 6:07 atrofida boshlangan. Shikoyatlar eng ko‘p AQSHdan kelib tushgan. Nosozliklar haqida shuningdek, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Meksikadagi foydalanuvchilar ham xabar bergan. 8:31 holatiga uzilishlar haqidagi shikoyatlar soni 230 tagacha tushgan.
Starlink — Ilon Maskning Starlink kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan, internetdan foydalanish uchun yuqori tezlikli sun’iy yo‘ldosh aloqasi bilan ta’minlovchi global sun’iy yo‘ldosh tizimi.
Sharhlar