Hududlarda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi qancha
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari (2024-yil avgust oyi uchun):
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 25 300 so‘m
- Andijon viloyati – 26 400 so‘m
- Buxoro viloyati – 31 200 so‘m
- Jizzax viloyati –27 900 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m
- Navoiy viloyati – 26 200 so‘m
- Namangan viloyati – 26 100 so‘m
- Samarqand viloyati – 30 000 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 27 900 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 24 600 so‘m
- Toshkent viloyati – 25 700 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 24 400 so‘m
- Xorazm viloyati – 28 900 so‘m
- Toshkent shahri – 31 400 so‘m
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Ulashish:
Sharhlar