Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o’tkazildi.
Reyd davomida tumanning Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.R. tomonidan mahalla hududidagi bir tup terak daraxti o’zboshimchalik bilan kesib tashlangani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJTKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 mln 500 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi. M.R. jarima bilan birga o’simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham (680 ming so‘m) to‘laydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, respublikamizda davlat o’rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilgan bo’lib, daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi. Bu kabi huquqbuzarliklar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.
Sharhlar