1 yildan buyon maoshsiz ishlab kelayotgan bog’cha direktoriga 20 mln.dan ziyotroq pul to’lab berildi
Gʻuzor tuman “Tinchlik” mahallasida yashovchi fuqaro Z.Parmonova 33-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori vazifasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Fuqaro shu kunga qadar ish haqi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib Gʻuzor tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan murojaat oʻrganilganda, xodimning shu kunga qadar ish haqqi toʻlanmay kelganligi aniqlangan.
Z.Parmonovaga ish haqini tegishli tartibda toʻlab berish choralarini koʻrish yuzasidan adliya boʻlimi tomonidan Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi nomiga taqdimnoma kiritilgan.
Fuqaroga Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi hisobxonasi tomonidan toʻlanmay qolgan 20 110 000 soʻmlik oylik ish haqlari toʻlab berilgan.
Sharhlar