1 yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lishini eshitgan ota 10.500 AQSH dollar qarzini to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi M.N. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati bo‘yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar MJtKning 47.4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tumani sudiga taqdim qilingan.
Ma’muriy ish 2024-yilning 20-fevralida sudda ko‘rib chiqilib, qarzdor M.N.ga 100,1 mln. so‘m miqdorida aliment pullarni to’lamaganligi sababli sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
15 sutka ma’muriy jazoni o‘tab chiqqan qarzdor o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaganligi va 2 oydan ortiq aliment pullarini yana to‘lamay kelayotganligi sababli unga nisbatan JKning 122-moddasida ko‘rsatilgan 1 yilgacha ozodlikdan maxrum bo‘lishi yuzasidan qarzdorga tushuntirilgan.
Shunga ko‘ra jazodan qo‘rqan ota shu kuning o‘zida jami 10 500 AQSH dollari mikdorida aliment pullarini undiruvchiga tilxat asosida topshirishi ta’minlangan.
Sharhlar