Navoiyda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Foto: Navoiy viloyati IIB

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi K.R. ismli ayol hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga 10 mln so‘mga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.