10 oyda O‘zbekistonga 6,5 mln nafar turist tashrif buyurdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;
Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;
Rossiya – 686,7 ming nafar;
Turkmaniston – 145,0 ming nafar;
Turkiya – 95,7 ming nafar;
Xitoy – 57,7 ming nafar;
Hindiston – 55,9 ming nafar;
Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;
Italiya – 36,3 ming nafar;
boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.
Sharhlar