100 ta uy xoʻjaligiga nechta konditsioner toʻgʻri keladi
Ayni kunlarda aholi orasida konditsionerlarga bo‘lgan talab keskin darajada ortishi aniq. Shundan kelib chiqqan holda Statistika agentligi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarini olib bordi va undagi maʻlumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan konditsionerlar soni oʻrtacha 50 tani tashkil etdi.
Maʻlumot uchun:
- 2010- yilda – 19 tani,
- 2015- yilda – 32 tani,
- 2020- yilda 40 tani tashkil etgan edi.
Ulashish:
Sharhlar