1000 AQSH dollari evaziga Litvaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.C.” MCHJ rahbari A.Q. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida pishiriqlar tayyorlash yo‘nalishida o‘qigani haqida soxta diplom tayyorlab berib, Litvaga ishga yuborishi evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o’tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
Ulashish:
Sharhlar