“103”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqandda Ro‘yxatga olingan
2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G’afurov. — Shuningdek, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan. Gap inson salomatligi, hayoti haqida ketar ekan, bunday murojaatlar bo‘lishi afsuslanarli, albatta.
Tahlillarga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 6 ta!
Sharhlar