“103” xizmatida tez tibbiy yordam brigadalari soni 2 800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash tizimda uzoq yillar foydalanib kelingan, eskirib qolgan va zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagan avtotransport vositalarining 80 foizi yangilanib, 2 224 ta eng zamonaviy avtomashinalar foydalanishga topshirildi. 2017-yilda atigi 24 ta bo‘lgan reanimobillar soni 2024-yilning ayni davriga kelib, 510 taga yetkazildi, deb xabar bermoqda SSV.
Shuningdek:
- 2017-yil 818 ta tez tibbiy yordam shaxobchasi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2024-yil ular soni 1 766 taga ko‘paydi;
- tez tibbiy yordam brigadalari soni ushbu davrda 1 648 tadan 2 838 taga yetdi;
- “Tez yordam”ning xizmat ko‘rsatish radiusi shaharlarda 25-30 km.dan 9-12 km.ga qisqardi;
- hududlarda 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi;
- oxirgi yillarda sohaga 1 000 dona zamonaviy Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar yetkazib berildi va tizimdagi barcha avtotransport vositalari GPS-treker bilan ta’minlandi;
- mamlakatning barcha hududlarida tez tibbiy yordam bo‘yicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etildi;
- bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari esa 20 tadan 45 tagacha oshirildi.
Ulashish:
Sharhlar