105 ta ma’muriy jarimalari va kredit qarzdorligi bo‘lgan fuqaroning “Gentra”si xatlandi
Byuroning Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 06.06.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.E.dan “Kapital 24 chakana biznes filiali” foydasiga 9 mln. 964 ming so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati kelib tushgan.
Bundan tashqari qarzdorning bo‘lim ish yurituvida 105 ta to‘lanmagan ma’muriy jarimalari mavjud hamda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli garovdagi avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
19-iyul kuni qarzdorning yashash xonadoniga majburiy ijro harakatlarini olib borish uchun kelinganda, qarzdor va uning yaqin qarindoshlari tomonidan ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatish, uyda bo‘la turib darvoazani ochmaslik holatlari kuzatilgan.
Salkam 5 soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida avtotransport vositasi uyda ekanligi aniqlanib, xatlangan.
Qarzdorga 10 kun muddat ichida to‘lashi, aks holda, xatlangan mulk elektron auksion savdosiga chiqarilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan va xolat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Sharhlar