Toshkent viloyatida 107 yoshli onaxon “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi
Prezident farmoniga muvofiq, 100 yoshdan oshgan bir guruh oʻzbekistonliklar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Ular orasida Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi 107 yoshli Saida aya Kazakbayeva ham bor, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi.
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Zoyir Mirzayev onaxonni xolidan xabar olib, “Shuhrat” medali va bayram sovgʻalarini topshirdi.
Onaxon shu kunlarga yetkazgani uchun duo qilib, xalq farovonligi yoʻlida xizmat qilayotgan davlatimiz rahbariyatiga sogʻlik-omonlik tiladi, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar