Oktabr oyida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi. Ulardan bir nafari Rossiya Federatsiyasidan qolgani ikki nafari esa Xitoy Xalq Respublikasi hududidan keltirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Agentlik tomonidan voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari oldindan o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganligi baholanmoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun: oktabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Yaqin kunlarda yana Rossiya Federatsiyasidan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.
Sharhlar