11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlash aybi bilan toshkentlik fuqaro hibsga olindi

Источник: unsplash.com

Toshkentda o‘zining 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlashda ayblanayotgan fuqaro hibsga olindi. Erkak birinchi xotinidan ajrashishni rasmiylashtirmasdan ikki ayol bilan yashagan. Birga yashashdan uning besh nafar farzandi tug‘ilgan. U bilan yashayotgan ayolning qizi zo‘rlash qurboniga aylangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi (“O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlikni qo‘llash orqali g‘ayritabiiy shaklda jinsiy ehtiyojlarni qondirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Agar erkak ushbu jinoyatda aybdor deb topilsa, u 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ayni paytda hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.