110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni o‘zlashtirgan chilangar-ta’minotchi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Urguttumangaz” GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-ta’minotchisi F.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 110,7 mln so‘mlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar