117 ta tuman va shaharlardagi ko’chalarning elektron xaritalarini shakllantirildi
2024-yil boshidan hozirgacha hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar tomonidan 48 608 ta geografik obyektga nom berish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.
Shundan, 27 574 ta geografik obyekt nomiga berilgan taklifga qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy xulosa berildi. 21 034 ta taklif etilgan nom qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topildi.
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri – “GEONAMES.UZ” axborot-veb portaliga joriy yilda 18 917ta geografik obyekt nomi kiritildi.
Hozirda, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida 198 583 ta joy nomi mavjud.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoniga asosan “O‘zbekiston joy nomlari” izohli lug‘atini chop etish maqsadida 9 456 ta geografik obyekt nomlari va izohlari o‘rganib chiqildi va tegishli xulosalar taqdim etildi.
Respublikadagi 208 ta tuman va shaharlardan 117 tasining ko‘chalari elektron xaritalarini shakllantirish, shoh ko‘cha, ko‘cha, berk va tor ko‘cha kabi toifalarga ajratish ishlari to‘liq yakunlandi.
Sharhlar