Samarqandda Tracker 12 yoshli velosipedchini urib yubordi
Samarqand shahrida Tracker avtomobili piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 23-sentabr kuni soat 19:10 lar atrofida Samarqand shahar Afrosiyob ko‘chasida yuz bergan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar