Samarqandda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Foto: departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi E.S. hech qanday hujjatsiz umumiy qiymati 140,8 mln so‘mlik jami 6 751 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.