15-iyun kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja icciq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li tumanlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Sharhlar